Линклар

logo-print
Qator shov-shuvli kiber-hujumlarni amalga oshirgan Anonymous hakerlar harakati joriy yilning 21 dekabrida maxfiy hujjatlarni chop etib kelgan WikiLeaks sayti o'rnini bosuvchi TYLER xizmatini ishga tushiradi.

Bu haqda harakat o'z Twitter sahifasi orqali ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, TYLER loyihasi bepul bo'lib, unda ma'lumotlar xavfsiz P2P (peer-to-peer) protokoli orqali almashinadi. P2P aloqa tizimida kompyuterlar ham server ham server klienti sifatida ishlashi mumkin.

Anonymous vakillariga ko'ra, bu tizim uning yuqori darajadagi xavfsizligi uchun tanlangan.

Eslatamiz, oktyabr oyi boshida Anonymous harakati WikiLeaks saytini so'z va ma'lumot erkinligi g'oyalariga hilof ish tutayotganlikda ayblagan edi.

Bunga Julian Assanj asos solgan saytning bosh sahifasida pul yig'ishga qaratilgan murojaat banneri qo'yilgani va banner saytdagi ma'lumotlarni olishga to'sqinlik qilayotgani sabab bo'lgan edi.

Bundan tashqari, Anonymous harakati WikiLeaks xizmatini Julian Assanj shaxsiga uzviy bog'liqligini va agar u ishdan chetlatilsa xizmat ham o'z faoliyatini to'xtatishi ehtimoli kattaligini aytib keladi.

Julian Assanj asos solgan WikiLeaks AQSh diplomatik yozishmalari hamda Afg'oniston va Iroqdagi harbiy amaliyotlariga oid minglab maxfiy hujjatlarni oshkor qilgan edi.
XS
SM
MD
LG