Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:29

Ozodlik ONLINE: O‘zbek tilining bugungi ahvoli davlat tili maqomiga monandmi?


Toshkent ko‘chalaridagi bugungi manzara.
Toshkent ko‘chalaridagi bugungi manzara.
Dushanba¸ 22 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:05 da boshlangan jonli¸ interaktiv muloqotimizda ana shu savolga javob izladik.

Bundan roppa-rosa 23 yil oldin - 1989 yilning 21 oktyabrida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi qonun qabul qildi.

Milliy uyg‘onishning ilk ifodasi o‘laroq o‘zbek ijodiy ziyolilari va ularga ergashgan yoshlar hali qulamagan ulkan imperiyadan millionlab o‘zbekning ona tiliga unga loyiq maqom berilishini talab qildilar.

Bu qonun qabul qilinishi arafasida Gorbachyov hurriyati bergan erkinlikdan jasoratlangan¸ Boltiqbo‘yi respublikalari o‘rnagidan ilhomlangan minglab o‘zbeklar o‘z tilining rasmiy maqomini talab qilib maydonlarni to‘ldirishar edi.

O‘zbek shoir-yozuvchilarining til himoyasi uchun uzatgan qo‘llari istiqboliga minglab qo‘llar cho‘zilayotgan edi.

Bundan 23 yil muqaddam Toshkentning bugungi Mustaqillik (o‘shandagi Lenin) maydonidan tortib Talabalar shaharchasidagi yotoqxonalar oldidagi maydonchalarda¸ Navoiy muzeyi qarshisidagi bog‘u yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida o‘zbek tilining “egilgan qaddini tiklash”¸ unga katta xalq tiliga arzigulik maqom – O‘zbekiston hududida davlat tili maqomi berish masalasida ehtiroslar qaynab-toshayotgan edi.

1989 yilning 21 oktyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni millat tiliga milliy maqom berish jarayonining huquqiy poydevorini qo‘ydi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach¸ bu qonunga bir qator o‘zgartish va tuzatishlar kiritildi va ularning huquqiy jihatdan o‘zbek tili maqomini yanada kuchaytirishi iddao qilindi.


Oradan o‘tgan 23 yil davomida O‘zbekistondagi o‘zbeklar mamlakatning butun hududida istalgan idora¸ istalgan tizimga o‘z tillarida bemalol murojaat qilish haqqiga molik bo‘ldilarmi?

Davlat tili maqomi o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishi uchun asos bo‘ldimi yoki bu qonun ham tokchaga taxlangan boshqa qonunlar sirasidan joy oldimi?

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va ish yuritish tili vaziyatini qanday baholaysiz?

Siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy erkinliklar bo‘lmagan¸ hur fikrlilik va erkin bahs imkoni bo‘lmagan jamiyatda “tirik organizm” deb qaraladigan til rivojlanishi¸ boyib borishi mumkinmi?

Barcha sohada eng malakali mutaxassislarning O‘zbekistondan chiqib ketgani va bu jarayonning to‘xtamayotgani o‘zbek tili kelajagiga qanday rahna soladi?

Kami 5 million o‘zbekning ish izlab boshqa mamlakatlarga ketib¸ bu yurtlarda o‘zi va oilasi bilan muqim yashab qolayotgani o‘zbek tillilar sonining kelajakda sezilarli kamayishiga olib kelmaydimi?

Bugun Siz va bolalaringiz uchun¸ qayerda yashashingizdan qat‘iy nazar¸ fikrlash tili qaysi til?

Xorijdagi o‘zbeklarning kelajak avlodlari uchun o‘zbek tilini yo‘qotmaslik yo‘llari bormi¸ bo‘lsa¸ buning uchun nimalar qilish kerak?



OzodlikOnline jonli¸ interaktiv muloqotimizning 22 oktyabr kuni o'tgan navbatdagi sonida ana shu savollar atrofida fikrlar almashildi.


Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:38:09 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG