Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:16

Futbol: Bunyodkor - Ulsan Xyonde


Bugun Toshkentning “Jar” stadionida Osiyo Chempionlar ligasining birinchi yarim final o‘yini o‘tkaziladi va unda poytaxtning “Bunyodkor” futbol jamoasi Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyonde” jamoasini qabul qiladi.

Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadigan o‘yinda jamoalar o‘zlarining an‘anaviy liboslarida – ya‘ni “Bunyodkor” oq libosda, “Ulsan Xyonde” havorang libosda maydonga tushadi.

O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiysi Mirjalol Qosimov koreyaliklarga qarshi kurash oson kechmasligi, biroq uning shogirdlari o‘yinga 100 foiz tayyor ekanini ta‘kidlab o‘tdi.

Ikki jamoa ishtirokidagi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvi 31 oktyabr kuni Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG