Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:09

Haj ziyorati boshlanmoqda


Makkai Mukarramada bugundan boshlanajak muqaddas Haj ibodatida ikki milliondan oshiq ziyoratchi qatnashishi aytilmoqda.

Yaqin Sharq davlatlarida musulmonlarning sunniy va shia mazhablari o‘rtasida keskinlashgan adovat tufayli Saudiya Arabistoni hukumati Haj ziyorati faqat diniy amal ekanini eslatib, tadbir davomida siyosiy provokatsiyalar uyushtirmaslikka chaqirdi.

Saudiya Arabistoni va Suriya o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklarga qaramasdan, Makka eshiklari suriyalik ziyoratchilar uchun ochiqligi aytilgan.

Islom dinining besh ruknidan biri bo‘lgan Haj ziyoratiga bu yil 5 mingdan oshiq o‘zbekistonlik borishi xabar qilingan.
XS
SM
MD
LG