Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:13

Apple shirkati iPad mini planshetini taqdim qildi


Apple shirkati 23 oktyabr kuni o‘tgan taqdimot marosimida iPad mini planshetini e‘lon qildi.

Yangi apparat mashhur iPad planshetining kichraytirilgan versiyasi bo‘lib, uning ekrani diagonali 7,9 dyuymni tashkil etadi.

iPad mini ning qalinligi 7,2 millimetr, og‘irligi esa 308 grammga teng.

Yangi planshet an‘anaviy tarzda ikki ko‘rinishda - oddiy, ya‘ni faqat WiFi ulanishga ega bo‘lgan va 3G mobil aloqali variantlarda ishlab chiqariladi.

Apple shirkatining marketing menejeri Fil Shillerning aytishicha, "iPad mini kichraytirilgan iPad emas, u umuman boshqa planshetdir".



iPad mini 2 oktyabrdan boshlab sotuvga chiqadi. Uning boshlang‘ich narxi 330 AQSh dollari bo‘lishi aytilmoqda.

Yangi planshetning O‘zbekiston bozoriga qachon kelishi hozircha ma‘lum emas.

Kaliforniyaning San-Xose shahrida o‘tgan taqdimot marosimida Apple shirkati iPad planshetining to‘rtinchi versiyasini ham e‘lon qildi.
XS
SM
MD
LG