Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:06

"Bunyodkor" "Ulsan Xyonde" jamoasiga 1:3 hisobida yutqazdi


O‘zbekistonning "Bunyodkor" futbol jamoasi Osiyo Chempionlari ligasi yarim finali dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyonde"jamoasiga 1:3 hisobida yengildi.

O‘yin 24 oktyabr kuni Toshkentning "Jar" o‘yingohida bo‘ldi. Bellashuvning beshinchi daqiqasida hisobni birinchi bo‘lib "Bunyodkor" ochgan edi. Golga Javlon Ibrohimov mualliflik qildi.

25 daqiqa o‘tib "Ulsan Xyonde" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning ikkinchi yarmida koreyaliklar "Bunyodkor" darbozasiga yana ikki to‘pni kiritishdi.

Ikki jamoa ishtirokidagi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvi 31 oktyabr kuni Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

Shu oy boshida bo‘lib o‘tgan chorak final bellashuvida “Bunyodkor” Avstraliyaning “Adelaida Yunayted”, “Ulsan Xyonde” esa, Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasini har ikki uchrashuv natijalariga muvofiq yengib, liganing yarim final boqichiga chiqishgandi.

"Bunyodkor" - "Ulsan Xyonde" uchrashuvidan lavha:

XS
SM
MD
LG