Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:44

Prezident militsiya xodimlarini taqdirladi


O‘zbekiston prezidenti ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xizmatchilarni mardlik, fidoyilik va jasorati uchun mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida oddiy profilaktika inspektoridan tortib Ichki ishlar vazirligi amaldorlarigacha bor.

Prezidentga "sodiq xizmat" qilayotgan "mardlar" taqdirlandi


Islom Karimovning ichki ishlar idoralari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni 23 oktyabr kuni matbuotda e‘lon qilindi.

Farmonda aytilishicha, mamlakatda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta‘minlash borasidagi ko‘p yillik shavkatli mehnati, shuningdek, xizmat burchini ado etishda ko‘rsatgan mardlik va fidoyiligi, milliy manfaatlarni himoya qilishdagi jasorati uchun 35 kishi “Mehnat shuhrati”, II darajali “Shon-sharaf”, “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun”, “Shuhrat” medallari bilan mukofotlangan.

25 oktyabr kuni kasbiy bayramlarini nishonlaydigan militsiya xodimlarining aniq soni O‘zbekistonda qancha ekanligi haqida rasmiy ma‘lumot yo‘q.

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromovning aytishicha, norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra¸ mamlakatda har 120 kishiga bir militsiya xodimi to‘g‘ri keladi:

- O‘zbekistonda militsiya xodimlarining soni, menimcha Mudofaa vazirligi xodimlaridan ko‘proq bo‘lsa kerak. Harbiy kontingentning soni 165 ming nafar deyilgan. Men olgan ma‘lumotlardan taxmin qilishimcha, militsiya xodimlarining soni 250 ming nafarga yaqin bo‘lsa kerak. Taxminan 120 kishiga bittadan militsioner to‘g‘ri keladi. Bu nafaqat formadagilar, balki formasiz nayomniy ishchilari ham bor, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, IIV poliklinikasi, kasalxonalari xodimlari soni ham bunga kiradi, deydi huquq faoli.

O‘zbekiston - politsiya davlati


Sur‘at Ikromovga ko‘ra, huquq himoyachilari O‘zbekistonni “politsiya davlati” deb atashadi:

- Men Germaniyada bo‘lganimda, mamlakat Ichki ishlar vazirligiga bordim. Bilasizmi, binosi ikki qavatli, kichkina bino. Men hayron bo‘lganman o‘shanda. Bizni vazirlikni qarang qanday bahaybat, yaqiniga yo‘lab bo‘lmaydi. Hatto, bizni Olmazor tumani Ichki ishlar bo‘limi binosini solishtirganda, yo‘q deganda bizniki besh baravar kattada. Bilasizmi, bizda kabinet sistemasirivojlangan, kabinetlarda o‘tirib ishlaydigan xodimlar juda ko‘p, deydi Sur‘at Ikromov.

Haqsiz jamiyatning haqsiz qo‘riqchilari


Huquq faolining aytishicha, militsiya to‘g‘risidagi qonunning shu paytgacha yo‘qligi bois, o‘zbekistonlik militsiya xodimlari ham mamlakatning qolgan aholisi kabi haqsizlik sharoitida ishlamoqda:

- Yevropa davlatlarida bo‘lganimda shu narsani guvohi bo‘ldimki politsiya xodimlari belgilangan 8 soatni ishlaydi. Biznikilarga esa norma yo‘q, xohlashsa kechayu kunduz ishlatishadi. Sal norozi bo‘lsa¸ arizangni yoz deyishadi. Diktatura rejimidagi davlatlarda shunday bo‘ladi. Men yaqinda bir mayor bilan gaplashdim. U xos suhbatda aytdiki, sizlar harakat qilinglar, militsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishsin, chunki bizda tinim yo‘q, pensiyaga chiqqanda invalid bo‘lib chiqayapmiz, qonun bo‘lsa, keyin bizning huquqimizni kafolatlovchi hujjat bo‘ladi, deydi. Hozir militsiya xodimlari ham tezroq 20 yillik muddatini o‘tab, pensiyaga ketish istagida ishlayapti, deydi Sur‘at Ikromov.

Korruptsiyaga botgan militsiya


Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida profilakatika inspektori bo‘lib ishlagan sobiq katta leytenant Shuhrat Akromov ham inson huquqi faolining bu fikriga hamohang gapni aytar ekan, ayni paytda bu tizimdagi korruptsiya va oshna-og‘aynigarchilik militsiyaning xalq orasidagi obro‘siga katta putur yetkazayapti, degan fikrda:

- Halol va sodiqlik bilan ishlash qiyin bu sohada. Chunki, noqonuniy ishlarni rahbarlarning o‘zlari xaspo‘shlaydi. Masalan, bir jinoyatchini ushlasang, unga tegma, u meni himoyamda, deb aytadi. Agar boshliqning buyrug‘i qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar, bajarib yursang xodim pensiyagacha ishlaysan. Halol ishlayman degan odam, uzoqqa bormaydi, bir bahona topib menga o‘xshab ishdan chetlatishadi. Bu tizim korruptsiyalashib bo‘lgan. Menimcha, bir adolatli va odil vazir kelsa, bu sistemani tozalasa, ishni yaxshi yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi. Masalan, profilaktika inspektorlarining oyligi hozir bir million so‘mdan ortiq. Bu bilan hozir bemalol halol ishlab, halol yashash mumkin, deydi Shuhrat Akromov.

Sobiq katta leytenant Shuhrat Akromov bilan suhbatni to‘liq shaklini quyida tinglang:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:20 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG