Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:50

BMT Bosh kotibi "Gangnam style" raqsini ijro etdi


BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun taniqli koreyalik reper PSY bilan birgalikda uning Internet xitiga aylangan "Gangnam style" qo'shig'i klipidagi raqsni ijro etdi.

Reper PSY BMT kuni hisoblanmish 23 oktyabr kuni tashkilotning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan edi. Koreyalik qo'shiqchini Bosh kotib shaxsan o'zi kutib oldi.

Matbuot vakillari savollariga javob berish jarayonida muxibrlardan biri BMT Bosh kotibidan reperning taniqli raqsini ijro etib ko'rishni iltimos qildi.

Raqs ijrosidan so'ng Bosh kotib xazil qilar ekan, eng mashhur koreyalikning maqomi endi unga tegishli emasligini aytib o'tdi.

- Menga ozgina alam qilyapti. Atigi bir necha kun oldin menga men dunyodagi eng taniqli koreyalik ekanimni aytib kelishar edi. Endi esa bu nomdan chekinishga tayyorman, - deya (chin aralash) xazil qildi Ban Ki Mun.

Janubiy koreyalik reper PSYning yoz oylarida chiqargan "Gangnam Style" qo'shigi unga fenomenal mashhurlikni olib keldi. Qo'shiqqa olingan klip atigi uch oy ichida YouTube saytidagi eng ko'p "Like" etilgan videoga aylandi. Bugungi kunga kelib klip YouTube saytida qariyb 550 million marotaba ko'rildi.

XS
SM
MD
LG