Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:40

Bishkek Shveysariyaga chiqarilgan pullarni qaytarmoqchi


Qirg‘iziston hukumati mustaqillik yillari mamlakatdan olib chiqib ketilgan katta miqdordagi mablag‘larni qaytarmoqchi. Mutaxasislarga ko‘ra, Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqib ketilgan mablag‘larning bir qismi Shveysariya banklarida saqlanmoqda.

Qirg‘iziston hukumati mustaqillik yillarida mamlakatdan noqonuniy ravishda katta miqdordagi mablag‘larni horij davlatlariga olib chiqib ketgan fuqarolar shaxsini aniqlashga qaror qildi. Ma‘lumotda aytilishicha, joriy yilning 1 dekabrigacha huquq-tartibot tuzimlalari ularning kimligini aniqlashi va noqonuniy olib chiqib ketilgan mablag‘larni Qirg‘izistonga qaytarish yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim.

Qirg‘iziston hukumati bu borada BMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar yordam ko‘rsatishiga umid qilmoqda.

Qirg‘iziston Moliya razvedkasi tarqatgan ma‘lumotda bildirilishicha, bu borada bir necha oydan beri ish olib borilmoqda. Qonunchilikda bunday tergov natijalari sudgacha oshkor qilinmasligi belgilanib qo‘yilgani uchun, bu haqda keng jamoatchilikka ochiqlanmayotgan ekan.

Qirg‘izistonning sobiq Bosh prokurori Azimbek Beknazarov prezident Asqar Aqayev davrida Shveysariya banklariga millionlab dollar mablag‘lar va 2 tonna oltin noqonuniy tarzda olib chiqib ketilgani haqida operativ ma‘lumotlar mavjudligini aytdi:

- Bu oltin Shveysariya banklarida saqlanmoqda. Uni qaytarsa bo‘ladi. Bundan tashqari, sobiq Bosh vazir Nanayev u yerga 4 million dollar yashirgan. Qirg‘izistonga kelayotgan sarmoyalarning bir qismi, jumladan, “Oq kema” shirkatiga Turkiya tomonidan yotqizilgan sarmoyaning 11 million dollari ham yashirib qolingan. Bu ishlar sud tomonidan aniqlangan. Shuning uchun bu mablag‘larni Qirg‘izistonga qaytarish imkoniyati mavjud, - dedi Azimbek Beknazarov.

Qirg‘izistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Alikbek Jekshenkulov esa kichik va zaif davlatlarning bu kabi harakatlari natija bermagan, deb hisoblaydi.

Sobiq vazirning aytishicha, rasmiy Bishkekning noqonuniy olib chiqib ketilgan mablag‘larni qaytarish harakati samarasiz yakunlanadi.

- Bu qaror populistik qadam sifatida baholanishi mumkin. Chunki bu qarorni amalga oshirish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. Bu yerda moliyaviy tovlamachiliklar bo‘lganini isbotlovchi dalillar yo‘q. Oldin bu ishlar yuzasidan jinoyat ishlarini ochib, ularni isbotlagandan so‘nggina mablag‘larni qaytarishga harakat qilish mumkin. Ammo shu kungacha bu ishni faqat qudratli davlatlargina amalga oshira olgan, - dedi Alikbek Jekshenkulov.

Ammo Qirg‘iziston hukumati mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilgan katta miqdordagi aktivlarni korruptsiyaga qarshi kurashuvchi xalqaro tashkilotlar ko‘magida qaytarsa bo‘ladi, degan nuqta nazarda.
XS
SM
MD
LG