Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:38

Bloomberg: Alisher Usmonov endi Rossiyaning eng boy odami emas


Viktor Vekselberg
Viktor Vekselberg
"Renova" guruhi asoschisi rossiyalik Viktor Vekselberg milliarderlik bo'yicha Alisher Usmonovdan o'zib ketdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlikka ko'ra, hafta boshida TNK-BP neft shirkatidagi ulushini "Rossneft" davlat kompaniyasiga sotgan Vekselbergning boyligi 1,5 milliardga ko'paygan va hozirda 18 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Shunday qilib, 55 yoshli Viktor Vekselberg 17,3 milliardi bilan "Bloomberg milliarderlar indeksi"da Rossiya bo'yicha peshqadamlik qilayotgan Alisher Usmonovni ikkinchi o'ringa tushirdi.

Bloomberg agentligidan farqali o'laroq, nufuzli Forbes nashri Alisher Usmonov boyligini hali ham Vekselbergnikidan ko'proq - 18,1 milliardga teng deb hisoblaydi.

1953 yili Namangan viloyatining Chust shahrida tug'ilgan Alisher Usmonov Rossiyaning eng yirik bizbesmenlaridandir. U asos solgan "Metalloinvest" shirkati Rossiyaning eng yirik xomashyo ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Shuningdek, u Londonning "Arsenal" futbol klubining 27 foiz hissalariga ham egalik qiladi.
XS
SM
MD
LG