Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:39

Prezident Obama amerikaliklarni “Sendi” bo‘ronidan ogohlantirdi


AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat ahlini Qo‘shma Shtatlarning shimoli-sharqiy sohiliga yaqinlashib kelayotgan “Sendi” bo‘roni xavfidan ogohlantirdi hamda ularni mahalliy rasmiylar va tezkor xizmatlar ko‘rsatmalariga rioya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Nyu York meri Maykl Blumberg 375 ming kishini xavfsiz hududlarga ko‘chirish haqida buyruq bergandi. AQShning bu yirik shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatilishi aytilmoqda.

Karib dengizi orollarida o‘nlab odamlar hayotiga zomin bo‘lgan “Sendi” bo‘roni AQShning bir necha shtati sohiliga seshanba kuni yetib kelishi kutilayapti. Shu munosabat bilan mamlakatning yetti shtati va poytaxt Vashington doxil Kolumbiya okrugida favqulodda holat e‘lon qilingan.

Tabiiy ofat tufayli AQSh prezidentligiga nomzodlar Barak Obama va Mitt Romni saylovoldi kampaniyasining so‘nggi bosqichi doirasidagi o‘z chiqishlarining bir qismini bekor qilganlar. AQShda prezidentlik saylovlari 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak.
XS
SM
MD
LG