Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:36

O‘zbekistonda smartfonlar va planshetlar ishlab chiqariladi


Xitoyning ZTE shirkati 2012 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda smartfonlar va planshetlar yig‘ishni boshlaydi.

Bu haqda RIA novosti agentligi ZTE shirkati vakiliga asoslanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan smartfonlar va planshetlar texnik imkoniyatlari, funktsiyalari va narxi bo‘yicha foydalanuvchilar diqqatini o‘ziga torta oladi.

Loyihani amalga oshirish ushun ZTE kompaniyasi Peng Sheng shirkati bilan hamkorlikda UZTE qo‘shma korxonasini tashkil etgan.

Joriy yilning fevral oyida esa Hindistonning “Olive Telecommunication” shirkati O‘zbekistonning “O‘zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda CDMA standartidagi smartfonlarni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar imzolagan edi.

Aziz mushtariy, sizningcha, O'zbekistonda yig'ilgan smartfon va planshetlar bozorda savdosi chaqqon bo'lgan Apple va Samsung apparatlari bilan raqobat qila oladimi?
XS
SM
MD
LG