Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:28

TeliaSonera ishi bo‘yicha yangilik paydo bo‘ldi


Shvetsiyalik jurnalist TeliaSonera ga 3 G litsenziyasini sotgan Takilant va Rossiya shirkati bilan shartnoma imzolagan Swisdorn Limited ning Gibraltardagi adresi bir xil ekanini aniqladi.

TeliaSonera ga raqobatchi shirkat prezident qizi Gulnora Karimovaning yigiti deb aytiladigan pop qo‘shiqchisi bilan til biriktirgan.

TeliaSonera shirkati esa, O‘zbekistonda 3G litsenziyasini moda sohasida faoliyat yuritgan 24 yoshli shaxsdan sotib olgani to‘g‘risida avval xabar bergan edik.

Yangilik: 24 yoshdagi shaxs bilan tilga olingan yigitga qarashli shirkatlarning Gibraltardagi adresi - pochta qutisi bir xil bo‘lgan.

Shvetsiya matbuotida paydo bo‘lgan yangi ma‘lumotlarga ko‘ra, mazkur kelishuvlar bitta rejaning qismlari bo‘lgan.

Bu haqda Ozodlikka TeliaSonera shirkati bilan bog‘liq mojaroni yaqindan kuzatib kelayotgan shvetsiyalik jurnalist ma‘lum qildi.

Ismini aytmay turishimizni so‘ragan jurnalistga ko‘ra, TeliaSonera shirkatining “raqobatchisi (MTS shirkati) prezident qizi Gulnora Karimovaning yigiti deb gumon qilinadigan pop-xonanda bilan til biriktirgan”.

Bu TeliaSonera ning O‘zbekistondagi bir-biriga o‘xshash uchinchi kelishuvi bo‘lib, bu kelishuvlar Karimovaga yaqin odamlarning xalqaro telekom shirkatlaridan ulkan daromad qozonishini ta‘minlagan.

Korruptsiya masalalari bo‘yicha sobiq tergovchi Lars Hammar TeliaSonera kelishuvlari shubha uyg‘otishi to‘g‘risida gapirar ekan, jumladan bunday degan:

- Ular shubhalanganiga qaramay, qimorni davom ettirishga qaror qilgan degan tasavvur paydo qiladi. Ular aytganidek: “Bu ikki marta ish bergan. Keling yana bir marta urinib ko‘ramiz, deyishgan”, deydi u.

Yangi ma‘lumotlar qanday qilib kelishuvga erishilganini aniq ko‘rsatadi.

Jurnalistga ko‘ra, TeliaSonera bilan bog‘liq so‘nggi voqealar bundaydir. 2007-2008 yillarda shirkat Takilant bilan hamkor bo‘lgan.

Bu shirkat 30 million dollar va Shvetsiya-Finlyandiya kompaniyasiga sotish huquqi bilan TeliaSonera ning O‘zbekistondagi mobil operatoriga tegishli aktsiyalarning 26 foizini olgan.

Soliq to‘lanmaydigan Gibraltarda ro‘yxatga olingan Takilant ni Karimovaning yosh ishonchli vakili Gayane Avakiyan boshqargan. Hozirda shvetsiyalik prokurorlar moda sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Avakiyanni korruptsiyaga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Vimpelcom shirkati va Norvegiyaning Telenor shirkatlari 2007 yil mart oyida Takilant bilan hamkor bo‘lib asosiy aktsiyadorlar bo‘lgan. Jurnalistga ko‘ra, bu ham yana bir yangilikdir. Uning aytishicha, bu ma‘lumot Vimpelcom ning yillik hisobotida qayd etilgan.

Jurnalistning Ozodlikka aytishicha, Shvetsiyaning TT axborot agentligi shu kabi yana bir (uchinchi) kelishuv mavjud bo‘lganini ham aniqlagan. Bu voqeadagi xorijiy telekom guruhi Rossiyaning MTS telekom shirkatidir. U 2004 yilda O‘zbekistondagi operator (O‘zdunrobita)ni sotib olgan.

Mahalliy hamkor, Swisdorn Limited shirkati MTSga sotish huquqi bilan 26 foiz aktsiyalarni qo‘lga kiritgan.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Swisdorn ham Gibraltarda Takilant bilan bir xil pochta qutisiga ega bo‘lgan.

Shvetsiyaning uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash loyihasi rasmiylari TT axborot agentligi nomidan Gibraltarda ro‘yxatga olingan shirkatdan ma‘lumot oldi.

O‘sha ma‘lumotlarga ko‘ra, Swisdorn ning sohibi, Karimovaning yigiti ekani aytib kelinadigan, O‘zbekistondagi “Dado” guruhining pop qo‘shiqchisi Rustam Madumarovdir. Avakiyan va Madumarov Britaniyadagi Karimovaga aloqador shirkatning ham xodimlari bo‘lgan.

Hozirga qadar TeliaSonera tilga olingan shaxslar bilan shartnoma imzolagan uchinchi shirkatdir.
XS
SM
MD
LG