Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:54

Ruslan Chagayev Mayk Peresga qarshi ringga tushadi


Boks bo‘yicha og‘ir vazndagi sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev (30-2-1, 19 KO) kubalik Mayk Peresga (18-0, 12 KO) qarshi ringga tushadi.

Jang Germaniyaning Dyusseldorf shahrida 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Chagayev 2011 yil avgust oyida rossiyalik Aleksandr Povetkinga yutqazganidan beri uchta jang o‘tkazib¸ hammasida g‘olib chiqdi.

Mutaxassislar Ruslan Chagayevning kubalik Mayk Peresni ham mag‘lubiyatga uchratish uchun barcha imkoniyatga ega ekanini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG