Линклар

Bugun, 31 oktyabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol jamoasi Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida mehmonda Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyonde” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadigan o‘yinda toshkentliklar ko‘k rangli libosda, koreyslar esa havorang formada harakat qilishadi.

“Bunyodkor”ning Janubiy Koreyaga borgan delegatsiyasida asosiy tarkibning to‘rt nafar o‘yinchisi yo‘q. Anvarjon Soliyev, Anvar G‘ofurov, Sahob Jo‘rayev va Slavolyub Jorjevichlar sog‘liqlari bilan bog‘liq muammolar tufayli Toshkentda qolishgan.

O‘yinoldi matbuot anjumanida “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Ulsan Xyonde”ga qarshi o‘yin oson kechmasligini aytib o‘tdi.

- Afsuski, o‘z maydonimizdagi bahsda raqibga katta imkoniyat berib qo‘ydik… “Ulsan” – kuchli raqib! Shunday ekan, vaziyatni o‘nglash uchun bizga oson bo‘lmaydi. Biroq imkoniyat bor ekan – oxirigacha kurashamiz, - dedi bosh murabbiy.

Eslatamiz, 24 oktyabr kuni Toshkentda o‘tgan Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvida “Bunyodkor” futbol jamoasi o‘z maydonida “Ulsan Xyonde” jamoasiga 1:3 hisobida yengilgan edi.

Toshkentda o'tgan "Bunyodkor" - "Ulsan Xyonde" o'yinidagi gollar to'plami:

XS
SM
MD
LG