Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 05:19

“Bunyodkor” Osiyo chempionlar ligasi finalidan yana quruq qoldi


Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida “Ulsan Xyonde” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasining yarim final javob uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur o‘yinda “Bunyodkor” jamoasi 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo‘limni faol boshlagan “Bunyodkor” o‘yin boshidanoq bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo‘la boshladi.

Dastlabki 15 daqiqa ichida Shavkat Salomov uchta qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo futbolchi bu imkoniyatlardan foydalana olmadi.

Birinchi bo‘limning birinchi yarmiga kelib, “Ulsan” futbolchilari tashabbusni o‘z qo‘llariga ola boshlashdi. Natijada Toshkent jamoasi darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Yaratilgan xavfli vaziyatlardagi bir nechta holatlarda Ignatiy Nesterov darvozani muqarrar gollardan saqlab qoldi. “Bunyodkor” to‘pga egalik qilishiga qaramasdan, xavfli vaziyatlar yaratishda oqsay boshladi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda koreyslar himoyada o‘ynash taktikasidan voz kechib, o‘zlari ham hujum uyushtirishga harakat qila boshlashdi. Yana Nesterov xavfli vaziyatlarni bartaraf etishda yaxshi harakat qildi.

Ammo koreyslar baribir gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Rafinya chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi sari yetkazib berdi. Xayrulla Karimov to‘pni qaytaraman deb¸ to‘pni shundoq raqib hujumchisi Kim Shin Vukka to‘xtatib berdi. U esa yaqin masofadan osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi.

Goldan keyin “Bunyodkor” futbolchilari tashabbusni tamomila raqib o‘yinchilariga berib qo‘ydi. Sababi ushbu gol “Bunyodkor”ni rasman Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining finalidan mahrum qilib bo‘lgandi.

Boz ustiga o‘yinning 72-daqiqasida Li Kun Xuning ajoyib goli o‘yin taqdirini hal qildi. 2012 yildagi Osiyo chempionlar ligasi o‘yinining yarim finalida “Ulsan Xyonde” vakillari umimiy hisobda 5:1 natijani qayd etib musobaqaning final qismiga yo‘l oldi. “Bunyodkor” vakillari ikkinchi bor mazkur musobaqaning yarim final ostonasidan qaytishga majbur bo‘ldi.



Ma‘lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, joriy yilda “Bunyodkor” Oliy liga o‘yinlaridan ham zaif ishtirok etmoqda. Jamoa so‘nggi ikki turda kerakli ochkolarni to‘play olmasa¸ 2012 yil hisobidan biror bir sovringa erisha olmasligi mumkin.
XS
SM
MD
LG