Линклар

logo-print

Rossiyada "online qora ro‘yxat" ishga tushdi


Duma binosi oldida Internet senzurasiga qarshi aksiya qatnashchisi. Moskva, 11 iyul 2012 yil.

Duma binosi oldida Internet senzurasiga qarshi aksiya qatnashchisi. Moskva, 11 iyul 2012 yil.

Rossiyada 1 noyabrdan boshlab Internet saytlar reyestri ishga tushirildi. Mazkur reyestrga muvofiq qonunga zid ma‘lumotlar joylashtirilgan saytlar “qora ro‘yxat”ga olinadi va to‘sib qo‘yiladi.

Mazkur reyestr bolalarni ularning salomatligi va rivojlaniishiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida ishga tushurildi.

Qonunga binoan, Roskomnadzor tashkiloti talabi bilan provayderlar bir kun mobaynida zararli deb topilgan axborotlarni yo‘q qilishga majburdirlar. Bu talab bajarilmasa, bir kundan so‘ng sayt to‘sib qo‘yiladi.

Reyestr operatori hisoblangan Roskomnadzor tashkilotiga ko‘ra, reyestr ishga tushgan birinchi soatdayoq muayyan saytlarni tekshirib ko‘rish iltimosi bilan aholidan 95 ta ariza kelib tushgan.

Huquq faollari va bir qator muxolif partiyalar Internet saytlar “qora ro‘yxati” tuzish ko‘zda tutilgan qonunni keskin tanqid qilib chiqqan edi.

Ularga ko‘ra, hukumat mazkur qonundan nafaqat bolalar pornografiyasiga qarshi kurashda, balki saytlarni siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqib to‘sib qo‘yishda foydalanishi mumkin.

"Freedom House" tashkilotining 2012 yilda chiqargan "Internet erkinligi" hisobotida Rossiya Internet "qisman erkin" deya tan olingan.

Qator veb-sahifalar to'silgan O'zbekiston ushbu hisobotda Internet "erkin emas" mamlakatlar qatoridan joy olgan.
XS
SM
MD
LG