Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:43

Frantsuz aktyori Gulnora Karimova filmida suratga tushadi


Mashhur frantsuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova stsenariysi asosida suratga olinajak filmda kichik rollardan birini ijro etishga rozi bo‘lgan.

"Oltin gepard" Toshkent Xalqaro kinoforumining direktori Akbar Hakimov bu haqda O‘zbekiston madaniyat va sport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishida ma‘lum qiladi.

Film voqealari tarixiy 5-6 asrlarga taluqli bo‘lib, Jerar Depardye yevropalik ruhoniy obrazini yaratishi kutilmoqda.

Yangi filьm ustida ishlar ketayotgani bois, nima uchun filmga aynan janob Depardye tanlangani, kim suratga olayotgani, filmning byudjeti va boshqa ma‘lumotlar berilmagan.

Turkiyalik aktyor Xolid Ergench yaqinda Karimova xonimning Style.uz haftaligi tadbirida ishtirok etgandi.

Bundan oldin ham Karimova xonim tomonidan tashkil qilinishi aytiladigan O‘zbekistondagi dabdabali marosimlarda dunyoning ko‘plab mashhurlari ishtirok etishgan.
XS
SM
MD
LG