Линклар

O‘zbekistonda bu yilgi qish mavsumida energetik bo‘hronning kuchayishi kutilaëtgan bir paytda¸ Vazirlar Mahkamasi kuzgi-qishgi mavsumda ko‘mir sotilishini nazoratga olish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Vazirlar Mahkamasining 23 oktyabrdagi 305-raqamli qaroriga ko‘ra, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari aholisini ko‘mir bilan ta‘minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Hukumat hujjatida mazkur viloyatlar aholisini kuzgi-qishgi mavsumda ko‘mir bilan uzluksiz ta‘minlash va ko‘mir narxining ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.

Mazkur viloyatlarda ko‘mir sotish bo‘yicha “O‘zbekko‘mir” shirkatining hududiy distribyutorlik markazlari bo‘lmagani sababli ko‘mir narxlari asossiz ravishda viloyatdagi ko‘mir sotuvchi tashkilotlar tomonidan oshirilayotgani tanqid qilinadi.

Hukumat qarorida¸ ko‘mir narxi sun‘iy oshirilishining oldini olish maqsadida viloyatlarda ko‘mir sotish bo‘yicha “O‘zbekko‘mir”ning hududiy distribyutorlik markazlari tashkil qilinishi aytiladi.

Qarorda yozilishicha, hozirda Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida bunday distibyutorlik markazlari tashkil qilingan.

Vazirlar Mahkamasi ko‘mir sotilishini nazorat qilishni mahalliy hokimliklar, Ichki ishlar Vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklagan.

Ozodlik muxbirining o‘rganishicha, bugungi kunda mamlakatning ayrim hududlarida ko‘mir sotilishi¸ amalga hukumat idoralari nazoratiga olingan.

Jumladan, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi Xolmat akaning aytishicha, mahalliy hokimlik nazorati ostida bir tonna ko‘mir 114 ming 300 so‘mdan sotilayapti.

Suhbatdoshga ko‘ra, ayni paytda Andijonda bir tonna ko‘mir “qo‘l”da 600 ming so‘mgacha sotilayapti.

Ozodlik muxbiri bugungi kunda mamlakatning boshqa viloyatlarida ko‘mir narxi qanchadan sotilayotganini ham o‘rgandi.

Oddiy o‘zbekistonliklar bilan o‘tkazilgan suhbatlardan mamlakatning turli hududlarida ayni kunlarda mavjud ko‘mir narxini bilib olishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG