Линклар

Rossiya prezidentining matbuot vakili Dmitriy Peskov Vladimir Putin bel og‘rig‘idan aziyat chekayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi, ammo jarrohlik amaliyotiga zarurat bo‘lishi mumkinligi haqida matbuotda tarqalgan gap-so‘zlarni rad etdi.

Peskov Putinning payi cho‘zilgani, biroq bu prezidentning ish jadvaliga xalaqit bermasligini aytdi.

Avvalroq matbuotda Putin sentyabr oyida motorli deltaplanda uchib turnalar to‘dasini janubga kuzatib yuborish payti erga qattiqroq qo‘ngani oqibatida belini shikastlagani haqida xabar tarqalgandi.

Peskov buni rad etib, Putin bel og‘rig‘ini avvalroq sport mashg‘uloti payti orttirganini aytdi.
XS
SM
MD
LG