Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:54

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Vyetnamni yirik hisobda mag‘lub etdi


O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2012 yilgi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi. 4 noyabr kuni BAAning Ras al-Xayma shahridagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tgan Vetnamga qarshi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati “C” guruhi 1-tur uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 28-daqiqada, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari amalga oshirgan jarima zarbasidan so‘ng ochildi. Yarim himoyachi Jamshid Iskandarovning to‘p uzatishidan so‘ng himoyachi Maksimilyan Fomin hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida esa, himoyachi Temur Shamshitdinovning qanotdan uzatgan to‘pini hujumchi Igor
Sergeyev bosh bilan Vyetnam darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda Igor Sergeyev dublni rasmiylashtirdi. 79-daqiqada yarim himoyachi Abbosbek Maxstaliyevning to‘p uzatishi va Vyetnam terma jamoasi himoyachilarining ketma-ket xatolaridan unumli foydalangan “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev musobaqa to‘purarlaridan biriga aylanib oldi. O‘yin yakunlanishi arafasida esa zaxiradan maydonga tushgan “Paxtakor” hujumchisi Temur Hakimov uchrashuvdagi to‘rtinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

4:0 hisobi o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va 1-turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi “C” guruhi peshqadamiga aylanib olishdi. Guruhning qolgan ikki jamoasi – Iordaniya va Shimoliy Koreya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari 5-6 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG