Линклар

Eron rasmiylari O‘zbekistonga paxta tolasi tranziti uchun 30 foizlik chegirma taqdim qildi.

RIA Novostining xabar qilishicha, bunday kelishuvga shu yil sentyabr oyida O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Eronga safari chog‘ida erishilgan.

Toshkent uchun berilgan bu imtiyoz yil davomida amalda bo‘ladi va keyinchalik uning muddati tomonlar roziligi bilan cho‘zdirilishi mumkin.

So‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston o‘zining asosiy eksport mahsulotlarini xorijga sotish uchun qo‘shimcha yo‘llar qidira boshlagan.

Agar 2000 yillar o‘rtalarigacha O‘zbekiston paxta tolasining asosiy qismi Riga va Ilichevsk bandargohlari orqali xorijga chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda bu mahsulot ko‘proq mamlakat ichidagi omborlardan olib ketish sharti bilan sotilmoqda yoki Hind okeanidagi bandargohlar orqali chetga chiqarilmoqda.

O‘zbekistonda yiliga 3,5 million tonnagacha paxta xom ashyosi va 1 million tonnadan ko‘proq paxta tolasi ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan paxta tolasining taqriban 75 foizi xorijga sotiladi.

Ayni paytda O‘zbekistonda paxta yetishtirishda bolalar mehnatidan foydalanilgani bois shu kungacha dunyodagi 100 dan ziyod shirkat o‘zbek paxtasiga boykot e‘lon qilgan.
XS
SM
MD
LG