Линклар

Maxachqal'aning "Anji" futbol klubida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik Odil Ahmedov 11 turlik tanaffusdan so'ng Rossiya chempionati doirasida o'tgan "Anji" - "Terek" o'yinida maydonga tushdi.

"Kavkaz derbisi" nomini olgan uchrashuvda Odil maydonda 90 daqiqa harakat qildi va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratilishiga o'z hissasini qo'sha oldi.

O'yin 3:1 hisobida "Anji" g'alabasi bilan yakunlandi.

G'alabali uchrashuvdan so'ng "Sport Ekspress" nashri savollariga javob bergan Odil Ahmedov jarohati tuzalgan bo'lsa-da, avvalgidaqa o'ynashga hali jismonan to'liq tayyor emasiligi aytdi.

- Sheriklarim harakat qilishdi va biz o‘ta qiyin va muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdik... O‘yinni biroz og‘ir o‘tkazdim. Xuddiki “o‘ynay olmayman” degan tasavvur paydo bo‘la boshladi. Jarohatim halal bergani yo‘q. Shunchaki o‘yinga jismonan to‘liq tayyor emasdim, - dedi "Anji" yarim himoyachisi Ahmedov.

"Terek" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng "Anji" Rossiya chempionatidagi ikkinchi pozitsiyasini yanada mustahkamlab oldi. Maxachqal'aliklarni birinchi o'rindagi "SSKA" jamoasidan atigi bir ochko ajratib turibdi.

Eslatamiz, 24 yoshli namanganlik Odil Ahmedov avgust oyida "Anji" tarkibida Gollandiyaning "Vitess" klubiga qarshi o‘tgan uchrashuvda oyog‘idan jarohat olgan edi.

Ahmedov 21 avgust kuni Germaniyada jarrohlik stoliga yotgan. Shifokorlar uning to‘liq oyoqqa turishi uchun ikki oydan oshiqroq vaqt kerak bo‘lishini aytishgan edi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari Odilni 14 noyabr kuni JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida o‘tadigan O‘zbekiston - Eron uchrashuvigacha jismonan to'liq tayyor bo'lishiga katta umid bildirishmoqda.

Kavkaz derbisi: "Anji" - "Terek" 3:1

XS
SM
MD
LG