Линклар

Nyu York shahri bosh prokurori Erik Shneyderman yuzlab fuqarolarning “Sendi” bo‘ronidan so‘ng narxlarni oshib ketgani haqidagi shikoyatlari bo‘yicha tekshiruvlar boshlanganini ma‘lum qildi.

Prokurorga ko‘ra, fuqarolar asosan yonilg‘i narxi ko‘tarilgani, mehmonxonalar xizmati hamda oziq-ovqat va suv narxlari ham birdan oshib ketganidan shikoyat qilishmoqda.

Nyu York prokuraturasi favqulodda vaziyatlarda xizmatlar va tovarlar narxini oshirish AQSh qonunlariga xilof ekanini eslatdi.

“Sendi” bo‘ronidan eng katta talafot ko‘rgan Nyu Jersi va Nyu York shtatlarida milliondan oshiq aholi hali ham elektrsiz qolmoqda.

Nyu York shahridagi yonilg‘i quyish joylarining ko‘pi ishlamagani bois shaharliklar benzin uchun uzun navbatlarda turishga majbur bo‘lishmoqda.
XS
SM
MD
LG