Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:16

AQShda prezident saylovlariga sanoqli soatlar qoldi


Bugun, 6 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Saylovchilar amaldagi prezident Barak Obamani yana bir muddatga qoldirish yoki uning o‘rniga respublikachi nomzod Mitt Romnini saylash uchun ovoz berishadi.

Shu kungacha o‘tkazilgan so‘rovlarning aksari nomzodlar o‘rtasidagi farq juda kichik ekanini ko‘rsatmoqda.

AQShda prezident saylovida eng ko‘p ovoz olgan nomzod emas, balki har bir shtatdan tayinlangan elektoral vakillarning kamida 270 nafari ovozini olgan nomzod g‘olib chiqadi.

AQShning har bir shtati ma‘lum elektoral ovozga ega. Shtatdagi elektoral ovozlar soni mazkur shtatning aholisi soniga ko‘ra belgilanadi.

So‘rovlarga ko‘ra, saylov natijasiga kattaroq ta‘sir ko‘rsata oladigan shtatlarda Obamaning obro‘si balandroq. Bular Florida, Ohayo, Virjinia va Kolorado shtatlaridir.
XS
SM
MD
LG