Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:05

Samsung 30 mln. dona Galaxy S III smartfonini sotdi


Samsung shirkatining Galaxy S III smartfoni.
Samsung shirkatining Galaxy S III smartfoni.
Samsung shirkati so'nggi besh oy ichida 30 million dona Galaxy S III smartfonini sotdi. Bu haqda shirkat rasmiy blogida xabar qilindi.

Joriy yilning may oyi ohirida bozor rastalariga chiqqan Galaxy S III Janubiy Koreya shirkatining eng tez sotilayotgan apparatiga aylanib ulgurdi.

Apple shirkatining taniqli iPhone smartfoni raqibiga aylanishi tahmin qilingan Samsung shirkati smartfoni chindan ham sotuv bo'yicha rekordlarni urmoqda.

Galaxy S III apparatining oldingi avlodi - Galaxy S II apparati birinchi besh oy ichida 10 million donada sotilgan edi.

O'sayotgan raqamlarga qaramasdan Samsung shirkati sotuv ko'rsatkichlari bo'yicha o'zining ashaddiy raqibi Apple kompaniyasiga yeta olgani yo'q.

Tahlilchilar 21 sentabrda e'lon qilingan iPhone 5 smartfonining uch oy ichida 50 million donada sotilishini tahmin qilishmoqda.

Apple nafaqat smartfonlar, balki planshetlar bozorida ham savdosi chaqqon. Shirkatning 5 noyabr kuni bergan statistikasiga ko'ra, 2-5 noyabr kunlari iPad mini va to'rtinchi iPad planshetlari 3 million donada sotilgan.
XS
SM
MD
LG