Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:40

Teliasonera 4G litsenziyasi uchun ham pora bergan


TeliaSonera direktori Lars Nyuberg esa shirkatga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, iste‘fo berishini bildirgan.
TeliaSonera direktori Lars Nyuberg esa shirkatga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, iste‘fo berishini bildirgan.
Shvetsiyaning Sveriges Television - SVT telekanali jurnalistlariga ko‘ra, Shvetsiya va Finlandiyaning mobil aloqa shirkati O‘zbekistonda 4G litsenziyasini sotib olish uchun prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga yaqin Gayane Avakyan rahbarlik qiluvchi Takilant shirkatiga 370 million shved kroni (taqriban 55 million AQSh dollari) to‘lagan.

Shved jurnalistlariga ko‘ra,bu ish shirkat O‘zbekistonda faoliyatini boshlaganidan 2-3 yil o‘tib, ya‘ni 2009-2010 yillarda amalga oshirilgan.

SVT jurnalistlari Teliasonera bank hisobidan Tekilant hisobiga 55 million dollar tushganini aniqlaganlaridan so‘ng buning ketidan tushishgandi.

Avvalroq Shvetsiya jamoatchilik televideniyesi muxbirlari jurnalistik tekshiruv o‘tkazib, Teliasonera O‘zbekistondagi mobil aloqa to‘lqinlaridan foydalanish va 3G litsenziyasi uchun Takilantga 2 milliard 200 million shved kroni (taqriban 320 million dollar) to‘laganini fosh qilgandi.

Shved jurnalistlarining iddaolari rost bo‘lsa, Teliasonera Takilant shirkatiga hammasi bo‘lib 2 milliard 570 million (taqriban 375 million) dollar pora bergan bo‘lib chiqyapti.

Teliasonera shirkati vakillari esa pora berganlikka oid ayblovlarni rad etib, shirkatga nisbatan jurnalistlar ilgari surayotgan da‘volar borasida sharh berishdan ham bosh tortmoqda.

Mazkur da‘volar yuzasidan tergov boshlagan shved prokuraturasi o‘tgan oyda Gibraltarda ro‘yxatdan o‘tgan Takilant shirkatining Shvetsiyadagi hisoblarini muzlatib qo‘yishga qaror qilgandi.

Jurnalistik tekshiruv o‘tkazgan shved jurnalistlaridan biri Ola Vesterberg Teliasoneradan oldin Rossiyaning "Vimpelkom" va MTS shirkatlari ham O‘zbekistonda mobil aloqa litsenziyasini qo‘lga kiritishda Takilant va Swisdorn shirkatlari bilan oldi-berdi qilganini aniqlagan.

Janob Vesterbergga ko‘ra, bu ikki shirkat ham Gibraltardagi bir manzilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lgan.

TeliaSonera 2007 yili O‘zbekistonga sarmoya kiritish jarayoni yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun Shvetsiyadagi nufuzli Mannheimer Swartling yuridik shirkatini yollagan.

Ayni paytda Shvetsiyadagi Mannheimer Swartling shirkati TeliaSonera Gibraltarda ro‘yxatdan o‘tgan shirkatdan 3G mobil aloqa xizmati ko‘rsatish uchun litsenziya sotib olayotgan va O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan paytda korruptsiya va yo pul yuvish bilan bog‘liq amallariga qo‘l urgan-urmaganini o‘rganmoqda. Shirkat tekshiruv natijalarini shu yil oxirigacha jamoatchilikka oshkor etishi kutilmoqda.

TeliaSonera direktori Lars Nyuberg esa shirkatga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, o‘zining iste‘fo berishini bildirgan.
XS
SM
MD
LG