Линклар

Dastlabki natijalardan iqtidordagi AQSh prezidenti Barak Obama ikkinchi muddatga saylandi.

Barak Obama "og‘machi" shtatlarning asosiysi Ohayo shtatida g‘alaba qilgani hisobiga ikkinchi muddatga prezident etib saylangani ma’lum bo‘ldi.

AQSh xabar agentliklari Obamaning respublikachi Mitt Romni ustidan g‘alab qilgani to‘g‘risidagi prgnozni berishi bilanoq, demokrat nomzodning turli shtatlardagi tarafdorlari bayram g‘alabani bayram qila boshladi.

AQSh saylov tizimi haqida batafsil ma'lumot olish uchun bu yerga kiring.

18 elektoral ovozga ega Ohaydagi g‘alaba Obamaga 275 ovozni keltirdi. Prezidentlik poygasida g‘alaba qilish uchun esa, AQSh saylov tizimiga binoan, 270 elektoral ovoz olish kifoya qiladi.

Shuningdek, saylovlar taqdirini belgilab berishi aytilgan "og‘machi" shtatlarning aksarida ham, jumladan Ohayo, Ayova, Michigan, Nyu Hempshir, Pensilvaniya va Viskonsida, bashorat qilinishicha, Obamaning g‘alaba qilishi kutilmoqda.

Obama shimoli-sharqdagi Nyu York va Massachusets kabi muhim shtatlar hamda g‘arbdagi Kaliforniya, Oregon va Vashington shtatlarida yutib chiqishi avvaldan ma’lum edi.

Prognozlarga ko‘ra, Mitt Romni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Michigan shtatida yutqazgani ma’lum ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda, AQSh Kongressi saylovlaridagi vaziyat ham biroz oydinlashdi. Bashorat qilinishicha, demokratlar Senatda ko‘pchilikni saqlab qoladi. Vakillar palatasi esa respublikachilar nazoratida qoladigan ko‘rinadi.


XS
SM
MD
LG