Линклар

O‘shdagi Bobur nomidagi o‘zbek akademik musiqali drama teatri o‘zining 2012 yildagi yangi mavsumi ochilishini tantanali tarzda nishonladi.

Joriy yilda 94-mavsumni ochgan teatr mintaqadagi eng keksa san’at dargohi hisoblanadi.

O‘shdagi Bobur nomidagi o‘zbek akademik musiqali drama teatrining navbatdagi 94-mavsumi 5 noyabr kuni ochildi.

Mavsum ochilishida o‘zbek tomoshabinlari bilan bir qatorda qirg‘iz tomoshabinlar ham ishtirok etgan. Bundan tashqari teatr jamoasini yangi mavsum bilan mahalliy hokimiyat vakillari qutlagan.

Teatr yangi mavsum ochilishida “Malikaning ko‘z yoshlari”, “Layli va Majnun”, “Yuraklarni yaralamaylik”, “Makka sari olis yo‘l”, “Munojot” kabi eng sara tomoshalarini namoyish etadi.

2010 yilgi O‘sh qirg‘ini paytida teatr binosiga, aniqrog‘i, tomosha zaliga o‘t qo‘yilgan, binoga katta miqdorda moddiy zarar etkazilgan edi.

Teatr bosh rejissyori Nabijon Mamajonovning aytishicha, ayni paytda hukumat va donor tashkilotlar yordami bilan o‘zbek sanati dargohi ta’mirdan chiqarilgan. Jumladan, Yaponiya hukumati ajratgan 92 ming dollarga teatr uchun ovoz uzatish uskunalari sotib olingan.

Nabijon Mamajonov bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG