Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:23

Barak Obamaning "g'alaba tviti" rekord o'rnatdi


AQSh prezidentligiga qaytadan saylangan Barak Obamaning saylovlarda g'alaba qozongani haqida yozgan tviti eng ko'p "retvit", ya'ni tvit-iqtibos etilgan mikro-xabarga aylandi.

7 noyabr kuni ertalab Obamaning rasmiy Twitter sahifasida "Yana to'rt yil" (Four more years) degan tvit-xabar paydo bo'ldi. Xabarga prezident va birinchi ledi Mishel Obamaning quchoqlashib turgan surati ilova qilingan edi.

Ushbu tvitni Barak Obama AQSh prezidentligiga qaytadan saylangani aniq bo'lganidan so'ng chop etdi. Ayni damda "g'alaba tviti" qariyb 550 ming marta "retvit" qilingani aytilmoqda. Bu esa Twitter sayti uchun yangi rekorddir.

"Yana to'rt yil" tviti nafaqat online, balki offline (internetdan tashqarida) ham mashhurlikka erishdi. Obama g'alabasini nishonlash uchun ko'chalar va maydonlarda to'plagan amerikaliklar "yana to'rt yil!", deya hayqirib yurishdi.



Barak Obama prezidentlik faoliyati davomida va saylovloldi kampaniyasida ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanib keladi. Uning Twitter sahifasiga obuna bo'lganlar soni qariyb 23 million kishini tashkil etadi.

Mitt Romnining mikro-blogiga esa sal kam 2 million tvitterchi obuna bo'lgan.

AQShda prezident saylovlari 6 noyabr kuni bo'lib o'tdi. Unda amaldagi prezident Barak Obama va respublikachi nomzod Mitt Romni prezidentlik kursisi uchun kurash olib borishdi.
XS
SM
MD
LG