Линклар

AQShning shimoli sharqiy sohillariga “Afina” deb nomlanayotgan yangi dovul yaqinlashmoqda.

Sinoptiklarning bildirishicha, bir necha soatdan so‘ng qor aralash yomg‘ir yog‘ishi, kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.

Nyu York rasmiylari sohilbo‘yi aholisini okendan uzoqroq yerga ketishga chaqirmoqda. Nyu Yorkda va Nyu Jersi shtatida 1200 ta aviareys bekor qilindi.

Nyu Yorkda va Nyu Jersi shtati 29 oktbyarda sodir bo‘lgan “Sendi” dovulidan so‘ng haligacha o‘zini tiklay olgani yo‘q.

“Sendi” dovuli oqibatida 110 kishi halok bo‘lgan edi. Hozirgacha o‘n minglab odamlar uy-joysiz qolmoqda. “Sendi” dovulidan ko‘rilgan zarar miqdori 50 milliard dollarga teng ekani aytilgan.
XS
SM
MD
LG