Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:18

Rossiyada O‘sh qirg‘inida gumonlanganlar qo‘lga olindi


Rossiyada 2010 yil iyunida sodir etilgan O‘sh qirg‘iniga aloqadorlikda ayblangan ikki nafar qirg‘izistonlik qo‘lga olindi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, 24 va 48 yoshli bu ikki fuqaro Irkutsk shahrida qo‘lga olingan.

Ular chegara xizmati zobiti va Bishkek shahar Sverdlovsk tuman ichki ishlar bo‘limi xodimini o‘ldirganlikda gumonlanib xalqaro qidiruvga berilgan.

Ayni paytda jinoyatda gumonlanayotganlar Rossiyadagi hibsxonalardan birida saqlanmoqda.

2010 yilgi qirg‘in paytida O‘sh va Jalolobod viloyatlarida besh yuzga yaqin odam halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG