Линклар

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov AQSh Prezidenti Barak Obamani seshanba kungi saylovda qayta saylangani bilan tabrikladi.

Oqsaroy matbuot xizmatining payshanba kuni ma‘lum qilishicha, prezident Karimov Obamaga qutlov telegrammasi yuborgan.

6 noyabr kungi saylovda AQShning iqtidordagi prezidenti respublikachi raqibi Mitt Romni ustidan g‘alaba qildi.

Obama AQSh saylov tizimida g‘oliblik uchun talab qilinadigan 270 elektoral ovozdan ancha ko‘proq, 303 ovoz oldi. Romni g‘alaba qilgan shtatlar bo‘yicha 206 elektoral ovoz to‘play oldi xolos.

Prezident saylovi taqdiri hech bir nomzodni aniq qo‘llab-quvvatlamaydigan Ohayo, Virjiniya, Nyu Hempshir, Nevada va Kolorado kabi "og‘machi" shtatlardagi natijalarga ko‘ra belgilandi.

Hozircha Florida shtatida kim g‘oliblik qilgani aniqlangani yo‘q, lekin bu prezident saylovi natijasiga ta‘sir qilmaydi.
XS
SM
MD
LG