Линклар

logo-print
Rim papasi Benedikt XVI tez kunlarda Twitter mikro-blogida o'zining shaxsiy sahifasini ochadi. Bu haqda 8 noyabr kuni Vatikan rasmiylari ma'lum qildi.

Rim-katolik cherkovi rahbarining mikro-blogi 2012 yilning ohirigacha ochilishi aytilmoqda. Biroq sahifani kim boshqarishi - uning o'zi yoki yordamchisi - hozircha aniq emas.

Bu mavzu bo'yicha bahs qilgan Internet foydalanuvchilarining aksari Rim papasi Twitter sahifasini uning matbuot kotibi yoki boshqa yordamchisi olib borishi mumkinligini tahmin qilimoqda.

85 yoshli Benedikt XVI uchun Twitter yangilik emas. 2011 yili ishga tushgan Vatikanning news.va saytining Twitter sahifasidagi birinchi tvit-xabar shaxsan Rim papasi tarafidan yozilgani aytilgan edi.

Twitter mikro-blogi eng tez rivojlanayotgan itjimoiy tarmoqlardan biridir. Bir necha oy oldin tvitterchilar soni yarim milliarddan oshgani haqida xabar bergan edik.
XS
SM
MD
LG