Линклар

Tojikiston Oliy ligasining "Energetik" futbol jamoasi o'yinchilari mamalakat chempionati doirasidagi o'yinda uchrashuv bosh hakamini kaltaklashdi. Voqea 8 noyabr kuni yuz berdi.

Tojikiston futbol federatsiyasi bergan ma'lumotga ko'ra, o'yindagi mushtlashishga hakam Bahrom Sa'dullayev qarorlariga qo'pollik bilan norozilik bildirgan ikki o'yinchining maydondan chetlatishi sabab bo'lgan.

Hakamga o'z noroziligini birinchi bo'lib "Energetik" darvozaboni bildirgani aytilmoqda. Gol qoida buzilgan holda kiritilganini iddao qilgan darvozabon hakamni turtib yuborgan va natijada maydondan chetlatilgan.

Ko'p o'tmasdan hakam Sa'dullayev qo'pollik qilgan "Energetik" himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatgan.

Chetlatishlardan norozi bo'lgan "Energetik" jamoasi o'yinchilari hakamni maydon ichida quvlab yurib kaltaklashdi.



Kaltak yegan hakam Bahrom Sa'dullayev 8 noyabr kuni bo'lib o'tgan "Energetik" - "Istaravshan" uchrashuvini 1:1 hisobida muddatidan oldin to'xtatishga majbur bo'ldi.

Tojikiston futbol federatsiyasiga ko'ra, mushtumzo'r futbolchilarga nisbatan qanday jazo chorasi qo'llanishi federatsiya intizom qo'mitasi voqeani o'rganib chiqqanidang so'ng aniq bo'ladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG