Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:26

Petreus biografi bilan ishqiy aloqalari sabab iste‘fo berdi


AQSh Markaziy razvedka xizmati rahbari Devid Petreus nikohdan tashqari aloqalari sabab lavozimidan iste‘fo berdi. Prezident Barak Obama generalning bu haqdagi iltimosini qondirdi.

Devid Petreus AQSh prezidenti Barak Obama nomiga yozgan iste‘fo arizasida nikohdan tashqari aloqalari bo‘lganini tan olgan.

"37 yillik oilaviy hayotdan so‘ng men oilamga xiyonat qilib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydim. Bunday axloq ham turmush o‘rtog‘i, ham bir rahbar sifatida qabul qilib bo‘lmaydigan holdir. Bugun prezident mening iste‘foimni qabul qildi", deyiladi Petreusning xatida.

AQSh matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Markaziy razvedka xizmati rahbari lavozimidan iste‘fo bergan general Devid Petreus o‘z biografi Polo Brodvell bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

Devid Petreus o‘z biografi Polo Brodvell bilan.
Devid Petreus o‘z biografi Polo Brodvell bilan.
Xabarlarda aytilishicha, Petreusning Brodvell bilan ishqiy aloqalari AQSh Federal tergov byurosi olib borgan tekshiruv natijasida fosh bo‘lgan.

Juma kuni general Devid Petreus iste‘fosini qabul qilgan prezident Barak Obama uni Qo‘shma Shtatlarga uzoq yil sodiq xizmat qilgan atoqli zobit deb atadi.

"Devid Petreus hayotini harbiy maqsadga bag‘ishlab mamlakatni yanada kuchli va xavfsiz bo‘lishiga hissa qo‘shdi", degan Obama o‘z baënotida.

Hozirda Petreus o‘rniga Maykl Morell Markaziy razvedka xizmatiga muvaqqat rahbar etib tayinlangan.

General Petreus AQSh Markaziy razvedka xizmati rahbari lavozimiga o‘tgan yil sentyabr oyida tayinlangandi.

Ungacha Petreus Afg‘onistondagi AQSh va NATO kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.
XS
SM
MD
LG