Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:15

Malal Yusufzayni Nobel mukofotiga tavsiya etishmoqda


Tolibon tarafidan o'qqa tutilgan 15 yoshli Malala Yusufzay Angliyaning Birmingam shahridagi kasalxonada.
Tolibon tarafidan o'qqa tutilgan 15 yoshli Malala Yusufzay Angliyaning Birmingam shahridagi kasalxonada.
Pokiston hukumati kambag‘al oilalarning farzandlari bilim olishlari uchun maxsus stipendiya dasturlarini tashkil qiladi.

Bu haqda Islomobod rasmiylari toliblar boshidan otib, og‘ir yaralagan pokistonlik faol o‘quvchi Malala Yusufzayni qo‘llab-quvvatlash tadbirida ta‘kidlashdi.

Butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab odam Yusufzayni Nobel mukofoti berishga da‘vat etuvchi onlayn-petitsiyaga imzo chekishdi.

15 yoshli Malala Yusufzay o‘zi yashagan Svat vodiysida qizlarning ta‘lim olishlari yo‘lida kampaniya olib borgan.

Boshidan yaralangan Malala hozir Britaniyada davolanmoqda. Shifokorlarning aytishlaricha, Malalaning sog‘lig‘i o‘nglanib bormoqda.
XS
SM
MD
LG