Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:40

Lionel Messi to'purarlik bo'yicha Pele qo'ygan rekordni urdi


Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi bir taqvim yili ichida eng ko'p gol kiritish bo'yicha mashhur to'purar Pele qo'ygan rekordni urdi.

12 noyabr kuni La Liga doirasida o'tgan uchrashuvda "Barsa" jamoasi mehmonda "Malyorka" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu o'yinda Messi dublga mualliflik qildi. Qolgan gollarni "Barselona"dan Xavi va Telyo, "Malyorka"da Pereyra va Kasadesuslar kiritishdi.

2012 yil statistikasiga ko'ra, ayni damda argentinalik futbolchi Lionel Messi hisobida 76 gol bor.

Bu esa Pele tarafidan 1958 yilda qo'yilgan rekorddan bir dona go'lga ko'pdir. O'sha yili Pele Braziliya terma jamoasi va "Santos" klubi safida o'tkazgan o'yinlarda bir yilda 75 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi.

Bir taqvim yilida eng ko'p gol kiritish bo'yicha mutloq rekord germaniyalik Gerd Myullerga tegishli. U 1971 yili G'arbiy Germaniya termasi va "Bavariya" jamoasi safida 85 golga muallik qilgan.

25 yoshli Messi birinchi marta rekord urayotgani yo'q. U 2011/2012 yilgi mavsumda "Barselona" tarkibida 73 gol urib, 1972/1973 mavsumida erishishilgan 67 gollik Gerd Myuller rekordini urgan edi.

Bundan tashqari Messi 2011/2012 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 50 gol urib, La Liga to'purariga aylangan edi.

Lionel Messi "Barselona" jamoasining to'purari ham hisoblanadi. U shu kungacha "Barsa" tarkibida 232 golga mualliflik qilgan.

Ayni damda Messi 15 goli bilan La Liga to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda. "Real Madrid" yarim himoyachisi Krishtianu Ronaldu esa 12 goli bilan ikkinchi o'rinda.
XS
SM
MD
LG