Линклар

logo-print
Rossiyaning “Anji” futbol klubi yarim himoyachisi o‘zbekistonlik Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Ahmedov kecha tibbiy tekshiruvdan o‘tdi. Ultratovushli tekshiruv natiyasiga ko‘ra u davolanishni kerak bo‘ladi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi Tvitterdagi sahifasi orqali ma‘lum qildi.

Federatsiyaga ko‘ra, bu Odilning yozda olgan eski jarohati emas, balki yangisidir.

8 noyabr kuni “Anji”ning “Liverpul” jamoasiga qarshi o‘tkazgan o‘yinida Odil Ahmedov oyog‘i mushaklari tortisha boshlaganidan so‘ng birinchi bo‘limdayoq almashtirilgan edi.

Joriy yilning yozida oyog‘idan olgan jarohati tufayli Ahmedov uch oy davomida davolanishga majbur bo‘lgandi.

Avvalroq terma jamoaning yana bir a‘zosi Timur Kapadze ham jarohati tufayli Eronga qarshi o‘yinda qatnasha olmasligini aytgan.

- 28 oktyabr kuni "Qaysar" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinning birinchi bo'limida jarohat oldim va "zamen" qilindim. Tekshiruvdan so'ng orqa mushakning cho'zilishi ekani aniqlandi. Uch hafta davolanishim kerak ekan. Endi faqat duo qilib, Xudodan bolalarga kuch quvvat va omadlarini berishini so'rab qolamiz, - deb yozdi Timur Kapadze Tvitterdagi sahifasida.

Eslatamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 14 noyabr kuni mehmonda Eron termasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
XS
SM
MD
LG