Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:03

"Toshkent-Xarkov" poyezdida nosfurush provodnik ushlandi


Ukraina sharqidagi Xarkov shahar huquq-tartibot idoralari O‘zbekiston fuqarosidan 40 kilogrammdan ortiq nos musodara qildi.

Ukraina Davlat Chegara xizmatining Sharqiy mintaqaviy boshqarmasi Ozodlikka bergan ma‘lumotga ko‘ra, 12 noyabr kuni soat kechasi 03:20 larda 395 raqamli “Toshkent-Xarkov” poyezdida o‘tkazilgan chegara nazorati davomida vagon provodnigi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosidan 42 kilogramm nosvoy topilgan.

- Xarkov yo‘nilishida ketayotgan poyezdda chegara va bojxona xizmatlari birgalikda birgalikda o‘tkazgan tekshiruv davomida O‘zbekiston fuqarosiga qarashli oq qop aniqlandi. 1970 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik provodnikdan bojxona xizmati xodimlari 42 kilo nos musodara qildi, deydi Ukraina Davlat Chegara xizmati rasmiy vakilasi Olьga Perekrest.

Aniqlanishicha, oq qopdagi plastik butilkalarga joylashtirilgan, 26 ming grivna (3170 AQSh dollari)ga loyiq tamaki maxsulotini vagon provodnigi Ukrainada o‘z hamyurtlari orasida pullashga olib ketayotgan bo‘lgan.

Ukraina chegara xizmati xodimasining so‘zlariga ko‘ra, nosvoy musodara qilingan va “Kupyansk” bojxona bo‘limi xodimlariga topshirilgan.



Olga Perekrest “Toshkent-Xarkov” yo‘nalishida nos maxsulotlarining musodara qilinishi odatiy holga aylanib qolganini ma‘lum qildi.

Masalan, o‘tgan yilning 17 oktyabrida aynan shu poyezdda Ukrainaga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan 300 kilogramm nosvoy musodara qilingan; shu yilning 5 noyabrida esa uch nafar o‘zbekistonlikdan jami 60 kilogramm nos topilgan va tegishli ma‘muriy protokol tuzilgan.
XS
SM
MD
LG