Линклар

logo-print

O‘zbek yoshlariga Internetni cheklash kerakmi?


Odnoklassniki.ru o‘zbekistonlik yoshlar eng ko‘p kiradigan saytlaridan biri hisoblanadi.

Odnoklassniki.ru o‘zbekistonlik yoshlar eng ko‘p kiradigan saytlaridan biri hisoblanadi.

Keyingi paytlarda Internetning o‘zbek yoshlariga foydasi va zarari haqida bir-biriga qarama-qarshi fikrlar bildirilmoqda.

Bir tomondan Internet ijtimoiy tarmoqlari yoshlarning o‘zaro muloqot vositasi va zamonaviy taraqqiyotning asosiy omili sifatida ko‘rilsa, ikkinchi tomondan Internet o‘zbek yoshlarining ma‘naviy hayotiga salbiy ta‘sir qilayotgani aytiladi.

Yaqinda Toshkent Islom universitetining rahbariyati ota-onalarni chaqirtirib, “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida talaba qizlar rasmlarini e‘lon qilayotgani haqida majlis o‘tkazib, qizlarning Internetga kirishini cheklashni ota-onalardan so‘ragan. Majlisda bu to‘g‘risida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligidan yo‘riqnoma ham kelgani aytilgan. Bu haqda universitet talabalari Ozodlikka gapirib bergan edi.

Yoshlarning Internetga kirishini cheklashni istayotganlar bu cheklov zaruratini yoshlarning, ayniqsa, qizlarning erotik va pornografik mazmundagi saytlarga kirayotgani ularning ma‘naviy buzilishiga sabab bo‘layotgani bilan izohlashadi.

Bugungi Bahs maydoni mavzusi ana shu haqda.

Ya‘ni o‘zbek yoshlarining Internetga kirishini cheklash kerakmi yoki yo‘q?

Bahslashuvchilar, asli farg‘onalik, hozir Rossiyada mehnat qilayotgan 23 yoshli Hasanboy, uylanmagan. U Internet yoshlarning, ayniqsa, yosh qizlarning tarbiyasiga salbiy ta‘sir qilmoqda, degan fikrda.

Hasanboyning opponenti asli xorazmlik, hozir Rossiyada yashayotgan 38 yoshli Bibish. Ikki farzandning onasi. U Internetning yoshlar uchun foydali tomonlari juda ko‘p degan fikrda.

Hasanboy: Qizlarimiz behayolashib ketyapti, Internetga kirib buzilib ketyapti. 90 protsent qizlar Internetga kirib odobsiz bo‘lib ketyapti. Men, albatta Internetni cheklay ham olmaymanu, lekin ota-onalarga iltimos qilardimki, qizlarini Internet balosidan sal-pal bo‘lsa ham cheklasin. Men ham bir kun kelib o‘sha yaxshi tarbiya bergan ota-onaning qizini olarman, shunga aytyapman...

Bibish: Internetni cheklab bo‘lmaydi. Bu hozirgi yoshlar uchun suv va havoday zarur bo‘lib qoldi. Lekin meni ham bolalarim Internetga kiradi, dars qiladi, axborotlar izlaydi. Buni cheklab bo‘lmaydi. Unday qizlar bordir balki, bir-ikkita, lekin hammani ham o‘shanday deb atab bo‘lmaydi....

Bahsning to‘liq shaklini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG