Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:15

Vladimirda o‘zbekistonlik qotili ushlandi


Vladimirdagi Klyazma daryosi ko‘prigi ostidan chavaqlab ketilgan 29 yashar O‘zbekiston fuqarosi Hissatullo Mashadov qotil aybini bo‘yniga oldi. Hibsga olingan shaxs o‘zbekistonlik bilan “munosabatlar va ijtimoiy qarashlarda” kelisha olmagay qolganini gapirmoqda.

Rossiyaning Vladimir viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi joriy yilning 28 sentyabrida Klyazma daryosidagi ko‘prik ostida 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Hissatullo Masxadov qotili topilganini xabar berdi.

Bu haqda Ozodlikka ma‘lum qilgan Vladimir viloyati Tergov qo‘mitasi Axborot markazi rahbari¸ adliya polkovnigi Irina Mininaning aytishicha, jinoyatni sodir etganlikda Andrey Mixeyev ismli shaxs ayblanmoqda.

- Ayblanuvchi Mixeyev 29 oktyabr kuni qo‘lga olindi. Avvaliga ular bir guruh bo‘lib ichgan, keyin ikkalasi bu guruhdan ajralgan va g‘oyib bo‘lgan. Andrey Mixeyev oldin sudlangani aniqlandi. Qotillikni sodir etib, u Yaroslavl viloyatidagi narkologiya reabilitatsiya markazlarida yashirinib yurgan, deydi Irina Minina.

Tergov taxminlariga ko‘ra, shu yilning 28 sentyabrida o‘zbekistonlik mardikor Hissatullo Masxadov Vladimir shahridagi Lipki parkida mahalliy fuqarolar bilan tanishib qoladi. Ular bilan aroq ichib bo‘lganidan keyin u 32 yoshli Andrey Mixeyev bilan Klyazma daryosi tomon yo‘l oladi.

Daryodan o‘tadigan ko‘prik ostida Masxadov va Mixeyev spirtli ichimlik ichishni davom etadi. Mixeyevning keyinchalik tergovchilarga bergan tushuntirishidan ma‘lum bo‘lishicha, u yerda "butilkadoshlar" o‘rtasida “odamlar o‘rtasidagi munosabatlar va dunyoqarash” masalasida yuzaga kelgan munozara oqibatida mushtlashuv kelib chiqadi.




Andrey Mixeyev o‘zbekistonlikka 81 marotaba pichoq soladi. Jon taslim qilgan Hissatulloni jinoyat joyida tashlab, Andrey Mixeyev izlarini yo‘qotishga uringan.

- Mana bu uyga kirdim, monastirdan olan kiyimlar shu uyga yashiringan edi, shu yerda kiyimlarimni almashtirdim, ustimdagini esa paketga soldim. Anovi kolonkada qo‘llarimni yuvib oldim va ketdim, deya operativ-tergov amaliyotida tushuntirish berdi qotillikda ayblanayotgan vladimirlik Andrey Mixeyev.

Narkomanlar reabilitatsiya markazidan 29 oktyabr kuni Vladimirga bemalol qaytgan Mixeyev mahalliy jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan vokzalning o‘zidayoq qo‘lga olindi.

Tergov davomida keltirilgan isbot-dalillarni inkor eta olmagan Mixeyev jinoyatni sodir etganiga to‘liq iqror bo‘ldi va jinoyat tafsilotlarini gapirib berdi.

Ozodlik chavaqlab ketilgan Hismatullo Masxadov Vladimir shahriga 2012 yilning 23 fevralida tug‘ishgan ukasining oldiga kelgani, Vladimirda 1,5 yildan buyon yashab uy remonti bilan shug‘ullanib yurgani, 25 sentyabr kuni kechga yaqin Studencheskaya ko‘chasidagi yashash joyidan chiqib ketgani va uning 81 joyidan pichoqlangan jasadi 29 sentyabr kuni ko‘prik ostidan topilgani to‘g‘risida oldinroq xabar bergan edi.
XS
SM
MD
LG