Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:06

12.uz sayti noshiri militsiyaga chaqirtirildi


12.uz saytining o‘zbek tilidagi sahifasi Ozodlik radiosining ko‘plab materiallarini qisman qayta nashr qilib keladi.
12.uz saytining o‘zbek tilidagi sahifasi Ozodlik radiosining ko‘plab materiallarini qisman qayta nashr qilib keladi.
O‘zbekiston Axborot, aloqa va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshidagi monitoring markazi 12.uz saytida "pornografik xususiyatga ega bo‘lgan materiallar e‘lon qilinganini aniqlagani" yuzasidan sayt noshiri Ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilgani aytilmoqda.

Uznews.net mustaqil nashrining 12.uz portalidagi manbaga asoslanib, xabar qilishicha, sayt noshiri va ayni paytda RIA "Novosti"ning O‘zbekistondagi muxbiri bo‘lgan Abu-Ali Niyozmatov 12 noyabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirtirilgan.

Manbanining so‘zlariga ko‘ra, Niyozmatovning militsiya bo‘limiga chaqirtirilishiga saytda pornografik materiallar e‘lon qilinganini sabab qilib keltirishgan.

Aynan qaysi materiallarni Monitoring markazi pornografik deya topgani noma‘lum.

Niyozmatov militsiya bo‘limidagi uchrashuvdan so‘ng bu haqda jurnalistlarga gapirishga istak bildirmadi.

Uznews.net nashridagi xabar muallifi Ozodlik bilan suhbatda o‘z maqolasida e‘lon qilgan faktlarni 12.uz tahririyatidan olganini aytadi.

- Aftidan, Monitoring markazi ekspertlari portalga joylangan Rossiya maxsulotlari reklamasini pornografik deya hisoblashgan, ularga bosish oqali Rossiyaning intim hizmatlar saytlariga chiqish mumkin,- deydi Uznews.net muxbiri.

Ayni paytda 12.uz sayti xodimlaridan biri xavotirga sabab bo‘ladigan hech gap bo‘lmagani, sayt ishlab turganini aytdi.

- Bizni pornografiyada ayblashga asos bo‘ladigan narsaning o‘zi yo‘q. Muharrir militsiyaga borishidan oldin chiqib ketgan narsa bu. Borsa unaqa gap yo‘q,- dedi 12.uz sayti hodimi.

Uznews.net muxbiriga ko‘ra, Niyozmatov Ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilishining boshqa sabablari ham bo‘lishi mumkin.

– 12.uz saytida ancha tanqidiy, jumladan, ekologiya va O‘zbekiston bojxonasiga oid mavzular bosilardi. Aftidan Niyozmetovni mana shu haqda ogohlantirib qo‘yish uchun chaqirtirishgan,- deydi Uznews.net muxbiri.

12.uz saytining o‘zbek tilidagi sahifasi Ozodlik radiosining ko‘plab materiallarini qisman qayta nashr qilib keladi.

O‘zbekiston Axborot, aloqa va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshidagi Monitoring markazi o‘zining bir qator jurnalistlar borasida chiqargan bahsli ekspert xulosalari bilan tanilgan.

Shu xulosalarga asosan 2010 yili Toshkentda fotojurnalist Umida Ahmedova, "Amerika ovozi" muxbiri Abdumalik Boboyev va Rossiyaning "Parlamentskaya gazeta"si muxbiri va "Vesti.uz" sayti bosh muharriri Vladimir Berezovskiylar tuxmatda aybalangan edi.
XS
SM
MD
LG