Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:02

Futbol: O‘zbekiston terma jamoalari jiddiy uchrashuvlar o‘tkazadi


Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi mehmonda Eron termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 2014 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida o‘tadi.

Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadigan uchrashuvda Eron jamoasi qizil, O‘zbekiston jamoasi esa ko‘k rangli libosda harakat qiladi.

Avvalroq xabar berganimizdek, bugungi o‘yinda O‘zbekiston jamoasi asosiy tarkibidagi ikki yarim himoyachi – Odil Ahmedov va Timur Kapadzelar jarohati tufayli maydonga tushishmaydi.

Saralash bosqichining “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston ayni damda to‘rt o‘yindan so‘ng 5 ochko to‘plagan holda besh jamoalik guruhda uchinchi o‘rinda bormoqda. Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun O‘zbekiston guruhda kamida ikkinchi o‘rinni egallashi kerak.

Eslatamiz, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekistonning yana bir termasi – 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoasi shu yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim finalida Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasi bilan bellashadi.

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG