Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:02

Braziliya 2014: Eron - O'zbekiston 0:1


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni mehmonda Eron termasi ustidan 0:1 hisobida g'alaba qozondi.

Tehronda o'tgan uchrashiv 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tdi.

Ikkala terma jamoa uchun ham juda qiyin kechgan o'yindagi yagona go'l uchrashuvning 71-daqiqasida kirtildi. Unga o'zbekistonlik Ulug'bek Baqoyev mualliflik qildi.

O'zbekiston termasi sardori Server Jeparovning raqib jarima maydoniga oshirib bergan to'pini Baqoyev yerga tushirmasdan, bir harakat bilan Eron darvozasiga yo'lladi.

Gol o'tkazib yuborganidan so'ng Eron jamoasi bor kuchi bilan hujumga o'ta boshladi. O'zbekistonlik o'yinchilar esa kontr-hujumlar uyushtirishga harakat qilishdi.

O'yin asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda eronliklar Nesterev darvozasini ishg'ol etishdi. Biroq eronlik hujumchi o'yindan tashqaridagi holatda bo'lgani uchun gol inobatga olinmadi.

Esingizda bo'lsa, joriy yilning 3 iyunida Toshkentda o'tgan O'zbekiston-Eron uchrashuvida eronliklar asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda gol urib, 0:1 hisobiga g'olib bo'lishgan edi.

Saralash bosqichining "A" guruhida bellashayotgan O'zbekiston terma jamoasi Eron jamoasini mag'lub etganidan so'ng besh o'yinda sakkiz ochko to'plagan holda guruh peshqadamiga aylandi. Hali beshinchi tur uchrashuvini o'tkazmagan Janubiy Koreya jamoasi sakkiz ochko bilan ikkinchi o'rinda.

Eslatamiz, 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun O'zbekiston jamoasi guruhda kamida ikkinchi o'rinni egallashi kerak.

Saralash guruhidagi keyingi uchrashuvnida O'zbekiston terma jamosi Livan termasiga qarshi maydonga tushadi. O'yin 2013 yilning 26 martida Toshkentda bo'lib o'tadi.

Eron - O'zbekiston 0:1



***

Bugun O‘zbekistonning yana bir termasi – 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoasi shu yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim finalida Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasi bilan bellashdi. Uchrashuv 3:1 hisobida koreyalik yoshlar foydasiga yakunlandi.

Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:1 (U19)



Osiyo chempionati yarim finaliga chiqqan yosh o'zbek futbolchilari 2013 yilgi yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgani haqida xabar bergain edik.
XS
SM
MD
LG