Линклар

Joriy yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 72,4% Google shirkatining Android tizimi asosida ishlaydi.

Gartner tadqiqot shirkati tayyorlagan hisobotda aynan shunday raqamlar keltirilgan.

Ikkinchi chorak ko'rsatkichlari bo'yicha esa Android smatrfonlar bozorini 64% egallagan edi.

Hisobotda ikkinchi o'rin iOS tizimi asosida ishlaydigan smartfonlarga berilgan. Apple shirkatining iPhone apparati uchinchi chorakda savdolarning qariyb 14% egalik qildi.

Uchinchi o'rinni BlackBerry OS, to'rtinchi o'rinni Samsung mobil telefonlarida ishlatiluvchi Bada tizimi, beshinchi o'rinni esa Nokia ning Symbian tizimi egalladi.

Mobil telefolar savdosi bo'yicha Samsung shirkati yetakchilik qilmoqda. Uchinchi chorakda Janubiy Koreya shirkati 55 million mobil apparat sotishga muvaffaq bo'lgan.

Ikkinchi o'rinda esa Apple. "Tishlangan olma" shirkati uchinchi chorakda 23,6 million smartfon sotdi.

O'zbekiston mobil telefonlar bozorida esa Nokia telefoni hamon peshqadamlik qilmoqda.
XS
SM
MD
LG