Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:53

Kollej va litseylarda qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda


Toshkent kollej va litseylarida o‘qiyotgan qizlar ommaviy tarzda poliknikalarga olib kelinib¸ bu erda ularning umumiy jismoniy salomatligi¸ xususan ginekologik sog‘lig‘i tekshirilmoqda.

Bu haqdagi xabarni Ozodlik muxbiri suhbatlashgan Toshkentdagi litsey o‘quvchi qizlari tasdiqlashdi.

Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarda qizlarning umumiy salomatlik darajasi ultra tovushli moslamalar vositasida tekshirilmoqda.

Toshkent litseylaridan birida o‘qiydigan 17 yashar qizning Ozodlikka aytishicha tekshiruvlar asosan qizlarning ikkiqat bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashga qaratilgan.

Ozodlik bog‘langan Toshkent¸ Samarqand va Nukusdagi kollejlarning o‘g‘il bola o‘quvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmayapti.

Toshkentdagi Politexnika kolleji qizlari shu yil oktyabr oyidan boshlab oilaviy klinikaning ginekologiya bo‘limida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Bu ma’lumotni Ozodlikka bildirgan kollej direktoriga ko‘ra¸ qizlarni guruh- guruh qilib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri kollejdagi ma’naviyat majmuasi rahbari zimmasiga yuklatilgan.

Kollej ma’naviyat majmuasi rahbari Ozodlik bilan suhbatda qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

- Vazirlar Mahkamasining 1096 va 1144-raqamli ikkita qaroriga ko‘ra qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayapmiz. yonimizdagi oilaviy poliklinikaga 15 tadan qilib olib boryapmiz. Ularni UZI (Ultra Tovushli Taqdiqot) orqali tekshirtiryapmiz. Vrach va hamshira ajratilgan¸ deydi suhbatdosh.

"Bundan maqsad nima? Qizlarning homilador bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashmi yoki ularni erta seksual hayotdan ihota qilishmi?" degan savollarga bu suhbatdosh aniq javob bera olmadi:

- Qizlarning sog‘ligi haqida qayg‘urilayotgan bo‘lsa kerak. Buni yana vazirlik biladi¸ dedi o‘qituvchi.

Ayni paytda Ozodlik suhbatlashgan litsey o‘quvchilari orasida bu tibbiy ko‘rik haqida boshqacha taxminlar bor.

Toshkentdagi litsey o‘quvchilaridan ikki nafari homilador bo‘lgani va ularning balog‘at yoshidan past bo‘lgani Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida muhokama qilinganidan keyin o‘quv yurtlarida yoppasiga tibbiy ko‘rik boshlangan.

Ozodlik muxbiri bilan ismi sir qolishi sharti bilan gaplashgan qizlarga ko‘ra¸ homiladorlik bilan bog‘liq janjal ildizi talabalarning paxtaga olib chiqilganiga borib taqaladi.

Odobli qiz bo‘lish haqida tilxat


Litsey va kollejlardagi balog‘atga etmagan qizlarning homilador bo‘lishini oldini olish maqsadida tarbiyaviy soatlar hamda tushuntirish ishlari olib borilayotgani Ozodlik suhbatida bo‘lgan o‘qituvchilar tarafidan aytildi.

Bunday tarbiyaviy soatlar oxirida qizlardan balog‘at yoshiga etguncha jinsiy hayotdan tiyilish¸ o‘zbekona ma’naviy qadriyatlarga amal qilish majburiyati zimmaga olingan tilxat yozdirib olinmoqda.
XS
SM
MD
LG