Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:13

Svetsiz qishloqda futbol ko‘ra olmagan o‘qituvchi ochlik e’lon qildi


14 noyabr kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan o‘yindagi g‘alaba o‘zbek futbolchilarini o‘z guruhi lideriga aylantirdi.
14 noyabr kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan o‘yindagi g‘alaba o‘zbek futbolchilarini o‘z guruhi lideriga aylantirdi.
Buxoroning Qorako‘l tumanidagi Neft va gaz kolleji o‘qituvchisi Ilhom Jo‘raev 14 noyabrdan boshlab muddatsiz ochlik e’lon qilganini aytmoqda.

Qorako‘l tumani Quvacha qishlog‘ida yashovchi 49 yoshli Ilhom Jo‘raevning Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston Sport kanali 14 noyabr kuni o‘zbek futbolchilarining Eron bilan musobaqasini namoyish qilgan payti qishloqda chiroq o‘chgan va u o‘yinni tomosha qila olmagan.

Qorako‘ldagi ijtimoiy muammolar bilan yakka o‘zi kurashib kelayotgan o‘qituvchi Jo‘raevga ko‘ra, o‘zbek futbolchilarining eng muhim o‘yinini tomosha qilishdan o‘zi kabi ishqibozlar mahrum bo‘lgani uning sabr kosasini to‘ldirgan.

Jo‘raevning iddao qilishicha, u Qorako‘ldagi muammolarga kurashish uchun ochlik qilish yo‘lini tanlagan.

Qorako‘llik o‘qituvchi mahalliy hokimlik, qolaversa, prezident apparati mutasaddilaridan tumandagi elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suv etishmovchiligi va aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolar sabablarini izohlashni talab qilmoqda.

- Bizning Qorako‘l tumanidagi ijtimoiy ahvol og‘irlashib ketganligi sababli, mana hozir bir sutkada bir soat tok bo‘layapti. Hammasiga chidasa bo‘lardi, lekin kecha futbol bo‘ldi. Shuni ko‘ra olmadik. Bizni mahrum qilishdi. Mana shuning uchun men boykot e’lon qildimki, kechadan beri hech narsa emayapman. Ochlik e’lon qildim.

Ozodlik: Nima uchun?

- Qorako‘ldagi ijtimoiy ahvol uchun, kerak bo‘lsa siyosiy ahvol uchun ochlik e’lon qildim. Tok bergani yo‘q. Televizorni ko‘rganimiz yo‘q. Eron bilan futbol o‘ynaganini ko‘rganimiz yo‘q. Hamma joyga bordik. Dvijoklar o‘tirib qolgan, akkamuluyatorlar yorilib qolgan. Ijtimoiy himoyada emasmiz biz. Hozir bizning rayonda yovvoyi qanaqadir nima hukm surmoqda.

Ozodlik: Demak, kecha futbol ko‘ra olmaganingizdan jahlingiz chiqdiyu bugun ochlik e’lon qildingiz.

- Ha.

Ozodlik: Qachondan beri ovqat emayapsiz?

- Kecha kechqurungi ovqatni edim. Undan beri hech narsa emayapman. Mana bir sutka bo‘layapti. Ochlik e’lon qilinganiki, bizda tok yo‘q, gaz yo‘q. Bir soat berayapti, u ham uzuq yuluq. Aholini ogohlantirgan tablitsasi ham yo‘q. Uzuq yuluq bir soat tok berib qoladi. Nimaga endi bunaqa? Menga tushuntirib berishsin.

Ozodlik: Kim tushuntirishi kerak sizga?

- Mahalliy ma’muriyat, hokimiyat, tuman hokimiyati, Buxoro viloyat hokimiyati, prezident apparati. Ularni ogohlantiraverib 10 yildan beri mening patagim to‘zigan. Kalishning ustiga qo‘yib kiyiladigan nakladka borku. Toqatim toq bo‘ldiyu ilojim qolmadiyu shunaqa qilishga majbur bo‘ldim. Men futbolni ko‘ra olmadim. Shu menga dastak. O‘zbekiston uchun jon kuydirib bilmadim.

Ozodlik: Yillar davomida gaz, svet yo‘qligiga chidab yashab kelayotgan edingizu, bitta futbolni ko‘rmagandan keyin sabr kosangizni to‘ldiribdida.

- Sabr kosam to‘ldi. Men insonman. Men baliq emasman. O‘rislar aytganday baran emasman. Yaqinda men uch-to‘rt oy Rossiyada ishlab keldim. Men Jumshud emasman, Ravshan emasman. Men erkin fuqaroman.

Ozodlik: Ochlik e’lon qilganingizdan mahalliy hokimlik, mahalliy mutasaddilarni xabardor qildingizmi?

- Yo‘q. Xabardor qilganim ham yo‘q, foydasi ham yo‘q. Ommaviy axborot vositasi sifatida Ozodlik radiosini tanladim.

Ozodlik: Ochlik e’lon qilib nimaga erishmoqchisiz?

- Sababiki, nima qilmoqchi bizni hukumat, hozirgi siyosat? Nima qilmoqchi bizni? Tok yo‘q, gaz yo‘q, suv yo‘q. Maqsadini bilmoqchiman.

Ozodlik: Ochlikni qanchagacha davom ettirmoqchisiz?

- Yo siyosiy maqsadga erishmoqchiman yoki bo‘lmasa o‘lib ketganlar ham ko‘p. Men Internetdan qiziqdim.

Ozodlik: Demak, ochlikni to‘xtatish niyatingiz yo‘q.

- Yo‘q.

Ozodlik: Hech bo‘lmasa suv ichayapsizmi?

- Salqinda nimaga kerak? Ertalabdan beri ichganim yo‘q suv. Erta-indinga qanaqa bo‘ladi, ahvol og‘irlashadimi, bu yog‘i nima bo‘lishini Xudo biladi.

Ozodlik: Ilhom aka, siz kollejda o‘qituvchilik qilasiz. Paxtadan keyin darslar boshlandimi?

- Darslar boshlandi.

Ozodlik: Ochlik qilganingiz sizning kollejda dars o‘tishingizga xalaqit qilmaydimi?

- Nasib bo‘lsa, dushanba kundan borishim kerak. Xudo xohlasa¸ bora olsam boraman. Kuchim etmasa, bormayman. Ogohlantiraman. Doktor bor.

Ozodlik: Ishga bormasangiz, sizni ishdan haydash xavfi yuzaga kelmaydimi?

- Endi u yog‘ini kollej boshqaruvi biladi. Haydasa haydasin. 50ka kirib O‘zbekiston uchun nima qildim? Hech narsa qilmadim. Mayli haydasa haydasin, deydi Ilhom Jo‘raev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:13 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG