Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:54

O‘zbekistonda «Bilayn» abonentlari soni 9 milliondan oshdi


Joriy yilning uchinchi choragida «Bilayn» savdo belgisining O‘zbekistondagi daromadi 137 million dollarni tashkil etdi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 88 foizga ko‘proq demakdir.

Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining shirkat matbuot xizmati tarqatgan ma’luotga tayanib xabar berishicha, so‘nggi uch oy ichida «Bilayn» mijozlari 2 million 198 mingga ko‘paygan.

Shunday qilib, uchinchi chorak yakunida jami abonentlar soni 9 million 229 mingga etdi.

Mijozlar sonining keskin ortishi birinchi navbatda «MTS-O‘zbekiston» uyali aloqa shirkatining yopilishi bilan bog‘liq.
XS
SM
MD
LG