Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:17

Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi


O'zbekistonlik futbolchi Server Jeparov 2011 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Suratda FIFA prezidenti Zepp Blatter (o'ngda) va Server Jeparov yil futbolchisi unvonini topshirish marosimida.
O'zbekistonlik futbolchi Server Jeparov 2011 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Suratda FIFA prezidenti Zepp Blatter (o'ngda) va Server Jeparov yil futbolchisi unvonini topshirish marosimida.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2012 yilning qit'adagi eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Afsuski, turli yo'nalishlardagi yil laureatlariga romzod futbolchilar ro'yxatiga bu yili o'zbek futbolchilari kiritilmadi.

Eslatamiz, OFK joriy yildan e'tiboran Osiyo eng yaxshi futbolchilar yo'nalishlarini biroz kengaytirdi.

Quyida yo'nalishlar va ular bo'yicha eng yaxshi futbolchi unvoniga nomzodlar bilan tanishing.

1. Osiyoning eng yaxshi osiyolik futbolchisi (qit‘ada to‘p suruvchi)

Ali Karimi (Eron)
Li Kyung Xo (Janubiy Koreya)
Lukas Neyl (Avstraliya)
Muhsin Bengar (Eron)
Tszeng Tszi (Xitoy)

2. Xorijda to‘p surayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchi

Mark Shvartser (Avstraliya) – “Fulhem” (Angliya)
Shinji Kagava (Yaponiya) – “Manchester Yunayted” (Angliya)
Yuto Nagatomo (Yaponiya) – “Inter” (Italiya)

3. Osiyoning eng yaxshi legioneri

Bruno Korreyya (Braziliya) – “Sepohon” (Eron)
Rikardo Oliveyra (Braziliya) – “Al Jazira” (BAA)
Rojerio De Assis Silьva Koutinьo (Braziliya) – “Kuvayt SK” (Kuvayt).

4. Osiyoning eng yaxshi ayol futbolchisi

Ayya Miyama (Yaponiya)
Xomare Sava (Yaponiya)
Yuki Ogimi (Yaponiya)

2012 yilning eng yaxshi futbolchilari nomi 29 noyabr kuni OFK bosh qarorgohi joylashgan Kuala Lumpur shahrida bo'lib o'tadigan taqdimot marosimida aniq bo'ladi.

Esingizda bo'lsa, OFK o'zbek futbolchisi Server Jeparovni 2011 yilning Osiyodagi eng yaxshi futbolchisi deya tan olgan edi. O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Jeparov ushbu unvonga 2008 yili ham loyiq deb topilgan.
XS
SM
MD
LG